Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

16.5.2023 937

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Imtiyozdan foydalanish uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishingiz lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

  • oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
  • tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
  • mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
  • Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari mumkin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish