Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ona qilib yaratmasin ekan...

26.3.2023 351

Otabek ABDUMALIKOV, O‘zJOKU talabasi

Insonning sochiga oq tushib, qartaysa ham volidasi uchun bola boʻlib qolaveradi. Mana, hash-pash deguncha yigirma uchni qarshilabman. Hozir mustaqil fikrli, yetuklikka intilayotgan shaxsman. Qadam bosishlar ildamlashdi, qaror qabul qilish ham. Juda koʻp ziyoli insonlar, ilm kishilari bilan koʻrishdim, yuzma-yuz suhbat qurdim, talaba sifatida ko‘plaridan saboq olyapman.Insonning sochiga oq tushib, qartaysa ham volidasi uchun bola boʻlib qolaveradi.

Mana, hash-pash deguncha yigirma uchni qarshilabman. Hozir mustaqil fikrli, yetuklikka intilayotgan shaxsman. Qadam bosishlar ildamlashdi, qaror qabul qilish ham. Juda koʻp ziyoli insonlar, ilm kishilari bilan koʻrishdim, yuzma-yuz suhbat qurdim, talaba sifatida ko‘plaridan saboq olyapman.Ammo uyim ostonasidan xatlab kirar ekanman, onam meni bir zumda 6 yoshli bolakayga aylantirib qoʻyadi. Bu hol har kuni qayta-qayta takrorlanadi va shukr keltiraman.

Aqlimni taniganimga 18 yil toʻlgan, ammo kun ora “Oyogʻingni issiq qil”, “Sovuq suv ichma”, “Temir yoʻldan yurma”, “Katta yoʻlni kesib oʻtayotganingda hushyor boʻl”, “Hoy bola, kitobni yotib oʻqima”, “Boshyalang yurma, bebosh”, “Ustozlaringni eʼzozla, doim xoʻp degin,” “Qorningni toʻq tut, ilm olishda uquvli boʻl”, degan nasihat-u tergashlarni eshitganim-eshitgan. Ichimda “Qachon sovqotsam, bosh kiyim kiyaman; organizm sovuq suv talab qilib tursa, ichaman-da”, deb qoʻyaman baʼzan. Lekin doim “bola kasal boʻlasan”, degan kunlariyoq uyga chindan ham tomoq ogʻrigʻi yoki tumov boʻlib qaytaman.Ona bashoratchimikan, farzandining jon tomirlarini yurak-yuragidan his qilarmikan? 

Baʼzan “Ona, nega doim tergaysiz? Axir ertaga seni uylaymiz, katta yigit boʻlib qolding deysizlar-ku”,  deyman.  Eshitadigan javobim esa bir xil: “Bolam, ona qilib yaratmasin ekan – onani yaratmasin ekan”, deydilar. Negadir shu gaplardan ona degan xilqatning bir sirini, yarim sinoatini topgandek bo‘laman.Oʻqishga ketar ekanman, to koʻcha muyulishigacha kamida uch bor ortga qarayman, onam termilib, duo qilib turgan boʻladi, “Eh, ona qilib yaratmasin ekan”, deyman oʻzimga oʻzim...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish