Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

2024-yilda eng ko‘p talab qilinayotgan onlayn kasblar qaysi?

4.6.2024 115

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Bugungi kunda dunyodagi 16 foiz kompaniyalar butunlay masofadan turib ishlaydi. Shu bilan birga, ushbu formatni afzal ko‘rgan xodimlar soni ham ortib bormoqda. Aksariyat ish izlovchilar mansab va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatga erishish, har kuni idoragacha ketadigan vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun masofaviy kasblarni tanlamoqda. Onlayn ishlayotgan xodimlarning 77 foizi uyda ishlash orqali samarali natijalarga erishayotganini bildirgan.

Ma’lumotlar tahlilchisi

Ayni paytda aniq ma’lumotlar ko‘plab sohalarda, jumladan, bank, moliya, trening, marketing, konsalting va savdolarda qo‘llaniladi. Tahlilchi ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va ularni izohlaydi. Bu soha egalari uchun kompyuter va internet kerak xolos, masofadan turib bemalol ishlashi mumkin.

SMM mutaxassisi

SMM bu Social Media Marketing yoki ijtimoiy media marketing. Ushbu soha mutaxassislarining vazifalari ma’lum darajada marketologlarnikiga o‘xshaydi, faqat SMM menejerlari ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boradi.

Dizayner

Soha bir necha yo‘nalishlarga ega. UX dizayneri (user experience) veb-saytlar va ilovalar qulayligiga mas’ul hisoblanadi, UI dizayneri (user interface) veb-saytlarning tashqi ko‘rinishi, tovar yoki xizmatlarning vizual tasvirlarini yaratadi. Bu vazifalarning bir qismini neyron tarmoqlar bajarishi mumkinligiga qaramay, 2023-yilda dizayn bo‘yicha mutaxassislarga talab 1,7 barobar oshdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish