Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘quvchini jazolashning dunyo tajribasi. Bizniki holva ekan

9.11.2023 285

AQSH

Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o‘quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Baholar esa kompyuter dasturi yordamida qo‘yiladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan politsiya va sud tizimi shug‘ullanadi.

 Yaponiya

Yaponlar bolani kichik yoshidan mehnatga o‘rgatadi. Sinfxonalar va maktab hovlisiga qo‘shib hojatxonani ham o‘zlari tozalaydi. Maktablarda intizomga qat’iy rioya qilinadi. Kech qolish, bo‘yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi.

Germaniya

O‘quvchi darsdan qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta’lim intizomi buzilgan bo‘lsa, maktab ma’muriyati politsiyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000-2500 yevro jarima solinadi.

Janubiy Koreya

O‘qituvchi itoatsiz o‘quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi.

Buyuk Britaniya

Dars paytida o‘quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Faqat ota-onalar yoki kuratorning yozma iltimosi bilan ruxsat etiladi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to‘lanmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 Fransiya

Agar o‘quvchi oyda to‘rt martadan ko‘p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o‘qishni qoldirish bolaning ta’limiga ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish