Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ortiqcha hujjat talab qilganlik uchun javobgarlik muqarrar!

23.8.2023 3194

Sevara URINBOYEVA, Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalardan qonunchilik hujjatlariga ko‘ra talab qilish taqiqlangan hujjatlar talab qilinayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF–6191-son va 2021-yil 24-iyuldagi PF–6269-son farmonlariga asosan, aholidan:

shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini;

shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini;

jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi yoki umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);

kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);

soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (STIR);

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish bekor qilingan.

 

Shuningdek, ushbu hujjat va ma’lumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ushbu hujjatlarni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortiladi!

Hurmatli fuqarolar, agarda Sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligi va hududiy adliya organlarining ishonch raqamlari 1008 va 1148, shuningdek, quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish