Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Kosmos”

12.1.2024 538

Abdulla Omon

Men doim kosmonavt bo‘lishni orzu qilardim. Lekin bu orzuga yetishish mushkulligini vaqtida anglab, havoyi xayollardan voz kechdim!

Ajabki, oradan shuncha yil o‘tganidan so‘ng bizning hozirgi bozor iqtisodiyotimiz meni bolaligimdagi orzumga “yetkazdi”!

Bugun bozorga tushdim. Rostini aytsam, sotib olayotgan mahsulotlarimning narxini ko‘rib, o‘zimni bir muddat bo‘lsa xam kosmosda tasavvur qildim!  Chunki bu “kosmos” narxlarga faqat kosmonavtlarninggina puli yetadi!

Shu o‘yda bozorlik qilib bo‘lganimdan so‘ng taksi to‘xtataman deb o‘ng cho‘ntagimni kovlaganimda uyga qaytish uchun olib qo‘ygan yo‘l pulimni ham ishlatib qo‘ylanimni bilib, rangim oqarib, vaznsizlik holatida havoda muallaq qoldim. Kislorod esa tobora tugab borardi...

Shundan so‘ng “NASA”ga qo‘ng‘iroq qilib, yo‘lga pul olib chiqib turishini iltimos qildim!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish