Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

OT BOSMAGAN JOYLARNI TOYLAR BOSADI!

21.3.2023 714

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz uddalay olmayotgan vazifani Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi beshinchi marta oshirib bajarmoqda: Oʻzbekiston futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqdi!Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz uddalay olmayotgan vazifani Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi beshinchi marta oshirib bajarmoqda:
Oʻzbekiston futbol boʻyicha jahon chempionatiga chiqdi!Yurtimiz mezbonligida oʻtgan futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogidsa Ravshan Haydarov murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi oʻzining shedevr oʻyini bilan muhlislari eʼtiboriga tushdi va Osiyo qitʼasida tengsizligini isbotladi.Musobaqa davomidagi bahslar oson boʻlmadi. Azaliy raqiblarimiz bilan oʻyinlar juda qiyin kechgani ham shubhasiz. Qitʼa birinchiligining yana bir muhim jihati shuki, yoshlarimiz futbol ishqibozlarini maydonga qaytara oldi. Har bir bellashuv muhlislar bilan toʻla stadionda oʻtdi. Finalda Umarali Rahmonaliyevning yagona goli Osiyo kubogining yurtimizda qolishiga sabab boʻldi.
– Gʻalaba Alloh tomonidan beriladi, – deydi Oʻzbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev. – Mehnatni butun jamoa qildi, bu esa gʻalabaga olib keldi. Zaxiradagi futbolchilar ham bizni ich-ichidan qoʻllab turdi va biz buni his etgan holda oʻynadik. Oldimizda Jahon chempionati turibdi. Mundialda ham yaxshi oʻyin koʻrsatib, muhlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz!Final uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan maydondan oʻyinni kuzatgani va yakunda kubokni futbolchilarga oʻzi topshirgani, birgalikda boshi o‘zra koʻtargani ham eʼtirofga loyiqdir.20-mart kuni “Bunyodkor” stadionida chempionlarni tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Terma jamoa a’zolariga jami 33 ta Prezident sovgʻasi – “Lacetti Gentra” avtomobili topshirildi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) beshinchi bor jahon chempionatiga chiqayotgan boʻlsa-da, oʻz tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qoʻlga kiritmoqda. Oʻzbekiston mazkur natija orqali ushbu yosh toifasidagi qitʼa birinchiligida gʻolib boʻlgan 16-terma jamoaga aylandi.Mazkur natija terma jamoalar tarixidagi toʻrtinchi titul hisoblanadi. Shu kungacha 1994-yili Osiyo oʻyinlarida milliy terma jamoasi, 2012-yili AFC U-16 oʻsmirlar terma jamoasi, 2018-yili AFC U-23 Olimpiya terma jamoasi kubokni qo‘lga kiritgan.Futbolchilarimizni oldinda katta sinov kutmoqda – 20-maydan 11-iyungacha Indoneziyada o‘tadigan yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati yoshlarimizni yana bir bor sinovdan oʻtkazadi. Yigitlarimizga mundialda omad tilaymiz! Olgʻa yigitlar! Olgʻa Oʻzbekiston! 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish