Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

OTA

20.1.2023 207

Otabek QOBILOV

Otabek QOBILOV – 1996-yil 29-aprelda Namangan viloyati Chust tumani G'ova qishlog'ida tug'ilgan.

2022-yil 17/19-avgust kunlari bo'lib o'tgan Respublika yosh ijodkorlar Zomin seminarining badiiy publitstika yo'nalishi faol ishtirokchis.

Hozirgi kunda Chust tumani “Tinchlik” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. E’tiboringizga yosh ijodkorning qalamiga mansub ijod namunalarini havola etamiz!

OTA

Menga pulni tutqazdi-yu, o'g'lim borib yaxshilab ovqatlanib ol deya oshxona tomon yo'l ko'rsatdi.

Asta ortimga qarab o'grildimda, yig'idan o'zimni zo'rg'a to'xtatib qoldim. Otam sumkasidan buxanka nonni olardi-da, bir chetda meni  intizorlik bilan kutib, qornini to'yg'azar edi...

SHO'RLIK

Hayot sinovlariga bardosh berolmay qilgan yomon xatosi uchun afsuslikdan qilayotgan nolalari hech ham tugamas edi. Yoshi o'ttizdan oshgan bo'lsa ham tirnoqqa zor.

 

IZTIROB

Yigit qo'lida bir dasta gul bilan ketardi. Oldidan chiqqan mashinaga ko'zi tushdi-yu, o'z guli boshqalarning bog'ida parvarishlanayotganini ko'rdi...

 

FARZAND

Suratga boqib turib ayol dedi: 

- Qarang, qanchalar chiroyli manzara. Juda-juda havasing ortib, ko'zlaring quvonadi.

Eri:

- Ha, to'g'ri aytasan. Xuddiki yosh chaqaloqlardek o'xshatishib  ko'yishibdi... qo'g'irchoqni.

 

XOTIRA

Har kuni seni eslatuvchi shu joyga kelaman. Seni doim ko'rgim keladi. Sog‘insam sen bilan birga bo‘lgan manzilga kelaman. Xayolan sen bilan gaplashib qalbim va sog‘inchim taskin topadi. Seni har vaqt sog‘inaman. Hayotimga o‘zgacha tuyg‘u mujassam etganingga sendan minnatdorman. Lekin nima qilay xotiralar tinchlik bermas, albatta, buni hayot deydilar...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish