Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

OTANGGA BALLI, YETAKCHI!

22.2.2023 829

Iqbol PARDAYEVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Shayxontohur tumanidagi “Sarhumdon” mahallasi yoshlar yetakchisi Davronbek Meliqo‘ziyev:

–  Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan;

–  Eng ilgʻor 100 nafar yoshlar yetakchilaridan biri;

– Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining “Kelajak liderlari” oʻquv kursini tamomlagan;

– Faol yetakchi sifatida Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdirlangan.

 

Toshkentning eski shahar qismida joylashgan “Sarhumdon” mahallasidagi 1378 ta xonadonda 7 mingga yaqin fuqaro yashaydi. Shundan 1514 nafari 14-30 yoshlilar.

Yoshlar yetakchisi faoliyatini Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham e’tirof etgan. Aniqrog‘i, 2022-yil 29-30-sentabr kunlari BMT “Taraqqiyot dasturi”ning maxsus vakillari “Sarhumdon” mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlarini kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

2022-yilda mahalla yoshlaridan 297 ta murojaat kelib tushgan:

– 35 tasi “Yoshlar daftari” orqali;

– 198 tasi ogʻzaki;

– 64 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali.

Murojaatlar quyidagicha hal etilgan:

–  35 nafari “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olinib, muammosi hal etildi;

–  126 nafari bepul toʻgaraklarga jalb etildi;

– 41 nafari ijtimoiy-huquqiy yordam oldi;

–  33 nafari kasb-hunarga o‘qitildi;

–  62 nafari ish bilan taʼminlandi.

 

Yoshlar yetakchisi mahalla yoshlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 457 million soʻmlik sarmoya jalb etgan. Ular quyidagicha sarflandi:

– 155 million soʻm “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlarga koʻmak berish orqali;

– 270 million soʻm hokim yordamchisi bilan hamkorlikda imtiyozli kredit ajratilish orqali;

– 32 million soʻm (pullik) turli xildagi toʻgaraklarga bepul yoʻllanmalar taqdim etish orqali.

 

Davronbek MELIQO‘ZIYEV, “Sarhumdon” mahallasi yoshlar yetakchisi:

– Probatsiya roʻyxatida turuvchi, jinoyatchilikka moyilligi bor, notinch oila farzandlari hamda bemaqsad yurgan ishsiz yoshlar bilan yaqindan tanishib, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlishga harakat qildim. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi barcha musobaqalarga hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga shu toifadagi yoshlarni koʻproq qamrab oldik. Mahalla sardorlarining ayrimlari shu yoshlardan saylandi. Oʻtgan yillar davomida mahalla yoshlari oʻrtasida koʻplab jinoyatlar sodir etilgani sabab “qizil” hudud toifasiga kirar edik. Profilaktika inspektori Erkin Sotimov bilan hamkorlikda ishlarni tizimli tashkil etish natijasida 2022-yilda mahallamiz yoshlari orasida birorta jinoyat sodir etilmadi. Bu esa mahallamizni “yashil” hududdagi mahallalar safiga olib chiqdi.

Mahallamiz atrofidagi 41, 82, 102-maktablar bilan hamkorlikda yoshlarning qiziqishlariga qarab fan, sport, sanʼatga oid toʻgaraklar tashkil etdik. Yoshlar ishtirokida 71 ta koʻrik-tanlov va loyihalar, 98 ta sport musobaqasi o‘tkazib, 4 mingdan ortiq yoshlarni qamrab oldik. Hamkorlik natijasida toʻgaraklar soni 48 taga koʻpayib, yoshlar qamrovi 40 foizdan 60 foizga oshdi. Bu yil 90 foiz maktab oʻquvchilarini toʻgaraklarga qamrab olmoqchimiz. Bu borada “Obinazir”, “Bogʻkoʻcha”, “Gulobod”, “Chorsu”, “Suzukota” mahallalaridagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

 

Eʼtirofga sazovor tashabbuslari:

–  Sardorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, yangi lider yoshlar kashf etildi;

–  mahalla binosida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi;

–  200 nafarga yaqin yoshlar uchun bepul ingliz tili toʻgaraklari ochildi;

–  faol yoshlarni ragʻbatlantirish uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

 

Davronbek Meliqo‘ziyevning 10 ga yaqin loyiha va tashabbuslari 2023-yilga moʻljallangan “Yoshlar dasturi”dan joy olgan.

 

Mahalla hududida yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar tahlili:

2020-yilda – 4 ta;

2021-yilda – 3 ta;

2022-yilda – 0 ta.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish