Sanjar O‘ROLBOYEV – 25 yoshda, Gurlan tumanidagi “Nukus” mahallasidan.
Oilaviy holati:
– ehtiyojmand oila;
– oilada 5 kishi: otasi, onasi, ukasi, singlisi.
Ahvoli:
– oilada yagona boquvchi;
– uylanmagan;
– ma’lumoti o‘rta-maxsus;
– daromad manbayiga ega emas;
– ota-onasi va o‘zi norasmiy band;
– Rossiya Federatsiyasida ish topa olmay bir oy ichida qaytib kelgan;
– mutaxassisligi bo‘yicha 4 yil ish topa olmagan.
Murojaat mazmuni: motokultivator olish uchun yordam so‘ragan.
Mahalla yoshlar yetakchisi Bektursun Yo‘ldoshev oilaviy holatini o‘rganib, “Yoshlar daftari”ga qayd etgan.
Natija:
– “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan motokultivar olish uchun 10 million so‘m subsidiya ajratilgan.
– o‘zini rasmiy band qilgan;
– o‘rtacha daromadi 4-5 million so‘m;
– 2 nafar shogirdi bor;
– daromadga ega bo‘lgach, 18 million so‘mga qo‘shimcha uskunalar olingan;
– bu yil oila qurish istagida.