"Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi renessans asosi” madaniy tadbirlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
3-iyul kuni Madaniy meros agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Temuriylar davri durdonalari” nomli ko'rgazmaning ochilishi bo'lib o'tadi.
Ushbu ko‘rgazmada muzey xazinasida saqlanayotgan noyob ashyolar bilan bir qatorda yurtimizdagi bir qator muzeylar, jumladan, Qashqadaryo viloyati “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi, Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi xazinalarida saqlanayotgan Temuriylar davri durdonalari ilk marotaba bir yerga to‘planib, xalqimizga namoyish etilmoqda.