Fransiya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Husanov Fransiya vitse-chempioni “Lans” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi va Abduqodir “Lans”da 25-raqam ostida harakat qiladi.
19 yoshli hamyurtimiz Fransiya chempionatiga o‘tguniga qadar Belarusning “Energetik-GBU” jamoasida to‘p surardi.
Husanov O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo chempionati g‘olibiga aylandi va yoshlar terma jamoasining asosiy figuralaridan ekanini isbotladi. Qolaversa, u yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatda oʻz oʻyinlari orqali mutaxassislar nazariga tushgandi.
Bugunga qadar futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uch marotaba maydonga tushgan. Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oʻynagan ilk oʻzbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi.