Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM VA TARBIYA MUTANOSIBLIGI

24.3.2023 1381

Gulsanam NOROVA

Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq.

Shavkat MIRZIYOYEV

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi, insoniyat fan o'qi atrofida aylanayotgandek go'yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir.

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi, insoniyat fan o'qi atrofida aylanayotgandek go'yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir.Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lish, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta'lim olishni eng asosiy shart sifatida ko'rmoqda.Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi.

Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Bugun tobora kuchayib borayotgan talablarga javob berish maqsadida harakat qilish zarurligini chuqur his etyapmiz. Oldinga, yangilanish sari bir necha qadam qo'yish uchun esa xalqimiz asrlar davomida to'plagan bebaho tajriba, ya'ni kadrlar tayyorlash bo'yicha hamda ilmiy-ta'limiy sohada erishilgan yutuqlar, uslubiy, tuzilmaviy, moddiy va nihoyat, innovatsion rivojlanish tajribasini hisobga olish hamda undan foydalanish lozim.Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda “Uchinchi Renessans” g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz ta'lim tizimi rivojiga, ayniqsa, uning dunyo standartlari darajasiga chiqishiga to'siq bo'layotgan omillar ham yo'q emas. Bu kechiktirib bo'lmaydigan jiddiy masalalar nimalardan iborat va ularni yechish yo'llari qanday? O'zbekistonda so'nggi yillarda qilinayotgan bu boradagi ishlar, erishilgan yutuqlar albatta tahsinga loyiq, lekin bu hali millatimiz oldiga qo'ygan ulkan maqsad va vazifalarni mukammal ko'rinishi emas. O'zbekiston ta'lim tizimini rivojlantirish, reformatsion jarayonlar kechishi davomida jahonning yetakchi ta'lim tizimlari haqida bilish va ularning tajribasiga tayanib o'zimizning milliy ta'lim tizimini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Shu o'rinda aytish joizki, O'zbekistonda ta'limning barcha bosqichlarida dunyoda yetakchi bo'lgan davlatlarning ta'lim tizimlari tajribalari va elementlariga tayanib ish olib borilmoqda.  

Misol uchun, Koreya Respublikasining tajribasi albatta e'tiborga molik va ishonamizki, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish jarayonlarida bu boradagi Koreya modeli elementlari albatta kelajakda o'z aksini topadi.Shuningdek, bu o'rinda Finlarning ta'lim tizimi haqida gapirmaslikning iloji yo'q. Xitoy, Singapur va Yaponiya singari mamlakatlarning aksariyati muntazam ravishda matematikada ham, tabiiy fanlarda ham birinchi o'rinda turadi. Finlyandiya intellektual va ta'lim islohotlariga boy mamlakat sifatida yillar davomida o'zining ta'lim tizimida butunlay inqilob qilgan bir qator yangi va oddiy o'zgarishlarni boshladi va pirovardida jahonda ta'lim sifati bo'yicha birinchilikka erishdi. Finlyandiyaning ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshi maktab tizimlaridan biridir.

Finlyandiyadagi talabalarning 66 foizi kollejga boradi, bu Yevropa Ittifoqidagi eng yuqori ko'rsatkich. Shuningdek, o'quvchilarning 93 foizi akademik yoki kasb-hunar litseylarini bitiradi. Bu mamlakatning ta'lim sohasidagi ko'plab yutuqlari 40 yil oldin Finlyandiya ta'lim tizimining o'zgarishi natijasida paydo bo'ldi. Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA)-butun dunyo bo'ylab 40 dan ortiq joylarda talabalarga qo'llaniladigan standartlashtirilgan test tizimi ham bu mamlakatdagi ta'lim sohasidagi namuna qilib ko'rsatsa bo'ladigan yutuq aslida. 2000-yilda fin talabalari dunyodagi eng yaxshi talabalar ekanligini ko'rsatdi. 2003-yil PISA testida ular matematikada eng yaxshi natijalarga erishdi. Va nihoyat 2006-yilda Finlyandiya yoshlari ilm-fan bo'yicha 57 mamlakatdan birinchi bo'lib chiqishdi.Xo'sh, Skandinavcha ta'lim muvaffaqiyatining siri nimada?

Qanday qilib Finlar bugungi kunga kelib ta'lim sohasida butun dunyo e'tirofiga sazovor bo'ldi? Avvalo, darslarida 16 tadan ortiq o'quvchi yo'q. Shunday qilib, har bir talaba tajribalarni bajarish va amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ularda baholashga yo'naltirilmagan ta'lim Modeli mavjud. Finlyandiyadagi bolalar 7 yoshga to'lgunga qadar maktabni boshlamaydi. Shuningdek, ular o'spirinligigacha kamdan-kam hollarda imtihon topshiradi va 16 yoshida faqat bitta standartlashtirilgan testga  ega. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, boshlang'ich o'quvchilarning taxminan  30 foizi maktabning dastlabki to'qqiz yilida qo'shimcha yordam oladi. O'qituvchilar bitiruvchilarning yuqori 10 foizidan tanlanadi. Shuningdek, Finlyandiyada barcha o'qituvchilar magistrlik darajasiga ega bo'lishi kerak. Respublikamizda ta'limning barcha bosqichlari uchun kerakli xalqaro modellar va jahonning umume'tirof etilgan elementlari tadbiq etilyapti va sinov tariqasida ko'pgina dasturlar ham amalda. Bu esa yurtimizda ta'lim tizimining xalqaro ta'lim tizimi bilan uyg'unlashishiga poydevor bo'ladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish