O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha “Education First” reytingida bir yil davomida to‘rt pog‘onaga pastlab, 113 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, reytingni tuzishda so‘rovnomada butun dunyodan 2,2 million kishi qatnashgan. Barcha ishtirokchi davlatlar besh guruhga – ingliz tilini bilishning “juda yuqori” darajasidan “juda past”gacha bo‘lingan.
O‘zbekiston chet tilini bilish darajasi “juda past” bo‘lgan guruhda. Qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston (104-o‘rin) va Tojikiston (112-o‘rin) dan joy olgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston aholisi ingliz tilini biroz yaxshiroq biladi deya baholangan.(90-o‘rin).
Reytengning eng yuqori pog‘onasini Niderlandiya, Singapur va Avstriya egallagan bo‘lsa, eng quyida Kongo joylashgan.