Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Oʻzbekistonda madaniy meros haftaligi ochildi. Unga 60 ga yaqin mamlakat vakillari kelishi kutilmoqda

4.7.2023 4945

2023-yilning 3–7-iyul kunlari Madaniyat va turizm vazirligi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik hamda idoralar hamkorligida “Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” madaniy meros haftaligi hamda “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi oʻtkaziladi. 

Ushbu tadbirlarga dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlaridan yuzlab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Hafta davomida Toshkent shahridagi muzeylarda Temuriylar davri madaniy merosi, xalq amaliy sanʼati durdonalari, Oʻzbekistonda saqlanayotgan Avangard sanʼati durdonalari koʻrgazmalari oʻtkaziladi. Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston – barqaror rivojlanish sari”, “Qulay biznes muhiti”, “Sogʻlom va bilimli jamiyat”, “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi”, “Mintaqalarni bogʻlovchi koʻprik”, “Inson qadri eʼzozlanadigan diyor” singari mavzularda konferensiya, davra suhbatlari, uchrashuv va taqdimotlar oʻtkaziladi.

Tadbirlar majmuasida mazkur haftaliklarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, jurnalist va blogerlar tashrif buyurishdi.

Marosim avvalida mamlakat madaniy-maʼrifiy sohalardagi yangilanish jarayonlari haqidagi videorolik namoyish qilindi. Marosimda soʻzga chiqqanlar mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan eʼtibor xususida toʻxtalib oʻtdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish