Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik kurashchi qizlar qit’a birinchligida sovrindor bo‘ldi

14.4.2023 1142

Qozog‘istonda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, 12-aprel kuni ayollar kurashi bo‘yicha barcha vazn toifalaridagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

-57 kg vaznda chempionlik uchun kurashgan Laylo Sobirova yaponiyalik Nanjo Sayega 4:11 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi. -53 kg vaznda bronza medali uchun xitoylik Li Den bilan bahs olib borgan Aktenge Keunimjayeva 2:6 hisobida imkoniyatni boy berayotib, yakunda bellashuvni 9:6 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.

O‘zbekistonlik sportchilardan -62 kgda Dilfuza Aimbetova va -72 kgda Svetlana Oqnazarova bronza medali uchun bahsda mag‘lub bo‘lishdi. 

Osiyo chempionati bahslari bugun ya'ni 14-aprel kuni yakunlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish