Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

4.9.2023 2384

Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi, deb xabar berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etgan to‘rt nafar o‘quvchidan ikki nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ular:

  • Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
  • Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Prezidentning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar BHMning 200 baravari (66 million so‘m), ustozi 150 baravari (49,5 million so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘zbekisonlik o‘quvchilar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish