Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Ozon qatlami yemirilyaptimi?

3.6.2024 256

Sug‘diyona Sobirova

“Turkiston” gazetasini o‘qir ekanman, bir suhbat e’tiborimni tortdi. Unda yozuvchi Erkin A’zam jurnalistga shoir Xurshid Davronning televideniyedagi chiqishida aytgan “juda ajoyib bir majoz”ini eslatgandi: “Quyosh nuri faqat hayotbaxsh emas, uning tarkibida zararli unsurlar ham bor. Ana shu zararli unsurlardan bizni, biz yashayotgan zaminni ozon qatlami muhofaza qilib turadi”. Shoir jamiyat tizimidagi ziyolilarni ana shu ozon qatlamiga o‘xshatdi. Demak, ziyolilarimiz yetarli darajada qadrlanishi lozim. Demoqchimanki, shoir aytgan ozon qatlami siyraklashuviga, zaiflashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deya tushuntirish beradi Erkin A’zam.

Men XXI asrning uchinchi o‘n yilligiga kelib yozuvchini tashvishga solgan hol ro‘y beryapti, deb qo‘rqaman. Axir, ozon qatlami yemirilib borayotgani hech kimga sir emas-ku...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish