Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

PARALIMPIADACHILAR FINALDA

23.11.2022 499

Jahongir NAMOZOV, Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi mutaxassisi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida tashkil etilgan stol tennisi musobaqasining viloyat bosqichida 60 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Qiziqarli bahslarda Shahzod Ubaydullayev, Farangiz Abduqobilova birinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Shuningdek, “Kibersport” musobaqasining viloyat bosqichi ham yakunlandi. Kompyuter o‘yin­lariga qiziqishi yuqori bo‘lgan 30 nafardan ziyod yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Yakunda Muhammadqodir Abdullayev, Munira Iskandarova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, finalga yo‘l oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish