Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Putindan navbatdagi ogohlantiruv Rossiya ballistik raketa uchirdi

23.11.2024 274

Sarrdor Yalgashov

Gitler kim deyishsa, 2-jahon urushining sababchisi deb eslaymiz. Albatta, uning ham o’ziga yarasha adolati va sababi bo’lgan. Afsuski, uning haqiqati dunyoni ostin-ustun qilgan. Biz u davrlarni ko’rmaganmiz, faqat kitoblardan o’qidik. Ammo, hozir hammasini ko’rib turibmiz. Gitlerlar shu qadar ko’payib ketdiki, xuddiki ularga tinchlik ortiqchalik qilayotgandek. Ukrainani dunyo ko’z oldida vayronaga aylantirayotgan Putinning ham o’ziga yarasha haqiqati bor. Bo’lmasa, shuncha ko’rgulik unga nega kerak? Payshanba kuni Rossiya Dneprga zarbasi-yu, talofatidan ko’ra ta’rifi daxshatliroq bo’lgan havo hujumini uyushtirdi. Ta’rif esa, jahon tarixida ilk bor qit’alararo ballistik raketa urushda ishlatildi, degan jumlalar bo’ldi. Buni albatta Putin rad etdi. Bu haqida payshanba kuni o’zining televizion murojaatida ma’lum qildi.

Rossiya Ukrainaning Dnepr shahriga o‘rta masofaga uchuvchi yadrosiz gipertovushli kallakka ega ballistik raketa bilan zarba berdi. Hujum Ukrainaning AQSh va Britaniya-Fransiya uzoq masofaga mo’ljallangan qurollarini qo’llaganiga javob bo’ldi. Bu raketalar hamma gapirayotgan “Rubej” emas, “Oreshnik”. Ukrainaning yangi “Oreshnik” raketalariga qarshi turish uchun hech qanday vositasi yo’q. Biz uni Kiyevga Rossiyaga zarba berish uchun o'z raketalaridan foydalanishga ruxsat bergan davlatlarga qarshi qo'llashi mumkin. Rossiya boshqa davlatlarga zarba berishdan oldin tinch aholining xavfsiz joyga evakuatsiya qilinishi uchun oldindan ogohlantirish beradi. AQSh havo mudofaa tizimlari Rossiya raketalarini tutib olishga qodir emas.

TACC axborot agentligining xabariga ko’ra, Rossiya Yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi orqali Oreshnik raketasi uchirilishidan yarim soat oldin AQShni ogohlantirgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Markaz avtomatik tarzda ishlaydi va Amerika Qo'shma Shtatlarining shunga o'xshash tizimi bilan doimiy aloqada bo'ladi. Ogohlantirish ishga tushirilishidan 30 daqiqa oldin aniq avtomatik rejimda yuborilgan", - degan Peskov TASS agentligiga. Ekspertlarning fikricha, bunday qurol urushda birinchi marta ishlatilgan. Hafta davomida Ukrainaning AQShda ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari va Britaniya-Fransiyaning Storm Shadow tizimlaridan foydalanishi urush tizginini butunlay o’zgartirib yubordi. Dunyo endi yadro xavfi ostida qolmoqda.

Ukraina va uning tarafdorlari “sinmadi.”

Zelenskiy Rossiyani eskalatsiyada aybladi. 21-noyabr kuni kechqurun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegramda tarqatgan bayonotida Rossiyani mojaroni kuchaytirayotganlikda aybladi: "Bugun Putin bu yilgi urushni kuchaytirish, kengaytirish tomon ikkinchi qadam qo'yganini tan oldi. Yangi ballistik raketa qo’llanildi. Putin bizning Dnepr shahrimizga zarba berdi - Ukrainaning eng yirik shaharlaridan biriga. Bu urushning miqyosi va shafqatsizligining jiddiy o’sishidir. Rossiyaning Ukrainaga ballistik raketa hujumi “Rossiya tinchlikni istamasligining isbotidir”. — dedi Ukraina rahbari. NATO va AQSh ham ahdiga sodiq qolmoqda. “Rossiyaning oʻrta masofaga mo’ljallangan ballistik raketadan foydalanishi mojaroning borishini oʻzgartirmaydi va NATO ittifoqdoshlarini Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan qaytara olmaydi”, dedi Shimoliy Atlantika alyansining rasmiy vakili Farah Daxlallah bayonotida. Shuningdek, u Rossiyaning "Ukrainaning tinch aholisini vahimaga solish va Kiyev ittifoqchilarini qo'rqitish" urinishlarini qoraladi. Oq uy ham Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Oq uy matbuot kotibiyati 21-noyabr kuni brifingda shu haqida bayonot berdi. Rossiyaning Ukrainaga oʻrta masofaga uchuvchi ballistik raketa hujumini tasdiqlar ekan, Ukraina allaqachon son-sanoqsiz Rossiya hujumlaridan jabr koʻrganini va AQSh soʻnggi kunlarda Ukraina va uning yaqin ittifoqchilariga tayyorgarlik koʻrishda yordam berishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga havo mudofaasini kuchaytirish uchun yuzlab qo‘shimcha raketalarni yetkazib berishda davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning yangi ballistik raketadan foydalanishini “yana bir tashvishli va xavotirli voqea” deb baholadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish