Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

QANDOLATCHI

14.2.2023 1595

Zarnigor UBAYDULLAYEVA, Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Mailaxon RAHMIDDINOVA – 28 yoshda. Qandolatchi. Farg‘ona tumanidagi “Obod” mahallasida yashaydi.

Murojaat maqsadi:

Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratishni so‘ragan.

Yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov Mailaxonning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

Oilaviy holati:

– moddiy qiyinchilik sabab ijtimoiy ahvoli og‘irlashgan oila;

– oilasi bilan birga 2 xonali ta’mirtalab uyda istiqomat qiladi;

– ko‘p farzandli ehtiyojmand oila;

– oilada 7 kishi: ota-onasi, 4 nafar singlisi va o‘zi.

Ahvoli:

– turmushga chiqmagan;

– ma’lumoti o‘rta-maxsus;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– qandolatchi Gavhar Zoirovadan pishirish sirlarini o‘rgangan.

Natija:

– Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashgan katta o‘lchamdagi pech uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 12 million so‘m imtiyozli kredit olgan;

– turli pishiriq va non mahsulotlari tayyorlaydi;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– o‘rtacha oylik daromadi 3-4 million so‘m;

– 2 ta ish o‘rni yaratgan;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga dastgohda ishlash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatmoqda;

– 8 nafar shogirdi bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish