Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qarovsiz yerlar bogʻga aylandi

15.11.2023 280

Zafarbek Ro‘zmetov, Yoshlar ittifoqi Makaziy Kengashi axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i

Mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Yashil makon” tadbirlari tashkil qilinib, yashil maydonlar barpo qilish, bogʻlarni koʻpaytirish harakatlari jadal davom etmoqda.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi hamkorlikda Beruniy tumanining “Xorazm” mahallasidagi 2 gektarga yaqin qarovsiz, foydalanilmasdan turgan hududda 2-sektor tashabbusi bilan “Xotira bogʻi” hamda “Prokuror va yoshlar bogʻi”ni bunyod etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Erkaboy Tajiyev, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temur Poyonov va boshqa masʼullar, tuman faollari bogʻning loyihasi bilan tanishib, bogʻga yaxshi niyatlar bilan dastlabki nihollarni qadadi. Jarayonda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali talablari ham faol ishtirok etdi.

Bogʻga 600 tup mevali, 300 tup manzarali, iqlim sharoitiga mos daraxt koʻchatlari ekildi hamda sugʻorish tizimi ishga tushirildi. Bogʻda dam olish joylari, gulzorlar tashkil etish nazarda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish