Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qilichbozlik: O‘zbekiston qizlar terma jamoasi jahon kubogini qo‘lga kiritdi

6.11.2023 296

Bahraynning Manama shahri mezbonlik qilgan qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogining sablya yo‘nalishida jamoaviy dasturda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi - Nargiza Jaksibayeva, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera va Samira Shokirova barcha raqiblarini yengib, oltin medal bilan birgalikda jahon kubogini qo‘lga kiritdi.  

Eslatib o‘tamiz, yakkalik bellashuvlarida Osiyo o‘yinlari g‘olibi Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera bronza medaliga ega chiqqan edi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish