Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

QISHKI SPORT MAKTABI

11.1.2023 386

Muxbirimiz

2022-yil 1-iyulda Prezidentimizning “2026-yil Milan va Kortina-d’ampesso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘ta­digan XXV qishki olimpiya va XIV paralimpiya o‘yin­lariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq, Respublika qishki sport maktabi 2024/2025-o‘quv yili­dan o‘z faoliyatini boshlaydigan bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 6-yanvarda “Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan ushbu sport maktabining asosiy vazifalari qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlik rivojlantiriladi.

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisobla­nadi. Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda bino qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan o‘quvchilarning doimiy mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo‘lishi lozim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish