– Yoshligimdan turli musobaqalarda ishtirok etib, koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritganman. Hozir shaxmatga qiziqishim baland. Bir necha yildan buyon shaxmat toʻgaragini ochishni va shu sport turiga qiziquvchi bolalarga ustozlik qilishni orzu qilaman. Ammo shaxmat sport anjomlari yoʻqligi sababli toʻgarak ochish imkonim boʻlmagan.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning Termiz shahrida surxondaryolik yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvida men ham soʻzga chiqib, bu orzumni aytim. Sport toʻgaragini ochish taklifim Alisher Saʼdullayevga maʼqul boʻlib, bu borada menga yordam berishini, zarur jihozlarni sovgʻa qilishini aytgan edi. Mana bugun vaʼda qilingan 30 nafar toʻgarak aʼzolariga moʻljallangan turli sport va oʻquv jihozlari mahallamizga yetib keldi. Sport toʻgaragi uchun menga mahalladan boʻsh bino ham ajratib beriladigan boʻldi. Endilikda mahallamizda SHAXMAT toʻgaragi ochiladi...