Navoiy viloyati “Ziyokor ayollar va yoshlar markazi” tomonidan “Aholiga islohotlarning mazmun mohiyatini yetkazish, ularning ongi, ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini o'zgartirish” mavzusidagi “Mahallalardagi ehtiyojmand aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning xohish va istaklarini o'rganish hamda iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash” nominatsiyasi, “Mahalla-ijtimoiy adolat maskani” shiori ostida islohotlarning mazmun-mohiyatini mahalla aholisiga singdirish” nomli grant loyihasi doirasida Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar – jamiyat ko'zgusi” nomli davra suhbati bo'lib o'tdi.
Xalqimiz orasida bir gap bor: “Dunyoning teng yarmini ayollar tashkil etadi, qolgan yarmini shu ayollar tarbiyalaydi”. Bir qarashda oddiy tuyiladigan, biroq o'z zamirida katta bir ma'noni qamrab olgan bu fikrning isboti siz-u bizga ayon. Bugun yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan imkoniyatlar cheksiz. Ayniqsa, qizlar ta'lim-tarbiyasi, ularning jamiyatda munosib o'rinlarini topishda barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbir doirasida bir qator faol qizlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.