Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qizlar o‘rtasida DXX kubogi g‘olibi aniqlandi

8.5.2023 843

Husanboy Poshshoxonov, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Yurtimiz bo‘ylab sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha “Davlat xafsizlik xizmati kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda. Bu yil o‘tgan yillardan farqli o‘laroq sportning mini-futbol turi bo‘yicha 16-30 yosh toifasida qizlar o‘rtasida musobaqa ham tashkil etildi. Bellashuvlarning 1-tur, ya’ni Kosonsoy tuman saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, keyingi viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qiladigan jamoa ham aniq bo‘ldi.

O‘yin natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin “Yangi yo‘l” mahallasi, 2-o‘rin “Chak” mahallasi, 3-o‘rin “Gulbog‘” mahallasi qizlari jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan munosib taqdirlandilar.

Endilikda Kosonsoy tumani 1-sektorga qarashli “Yangi yo‘l” mahallasining qizlar jamoasi musobaqaning Namangan viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish