Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

31.8.2022 899

Joriy yilgi test sinovlari natijalari e'lon qilingach, turli qiziqarli statistikalarni tahlil qilish imkoni paydo bo'ldi.

Jumladan, joriy yilda abiturientlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda ko'proqni tashkil etgan. Ya'ni testga kirgan abiturientlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar bo'lgan.

Bundan tashqari qizlarimiz to'plagan o'rtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani ko'rsatgan. Qizlar o'rtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning o'rtacha bali yigitlarnikidan balandroq bo'lgan. Ya'ni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq o'zlashtirish ko'rsatkichiga ega.

E'tiborli tomoni birorta hududda yigitlar o'rtacha 70 ball to'play olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar o'rtacha 70 balldan oshira olgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizi xotin-qizlar bo'lgandi. Bugungi kunda barcha OTMlarda o'qiyotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish