Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qoidabuzar haydovchilar jarima ballari joriy etiladimi?

29.11.2023 1027

Transport vositasi haydovchilari doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etgani uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasida muhokama qilinmoqda. Ushbu norma bilan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki baldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish taklif qilinmoqda.

Tartibga muvofiq, haydovchi bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq huquqbuzurliklarni sodir etish yo‘li bilan belgilangan miqdordagi jarima ballarini to‘plagan taqdirda unga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi belgilanmoqda.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs transport vositasini takroran boshqarish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish