Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Qo‘qon shahri tajribasi” ommalashtiriladi

23.8.2023 1931

Yoshlar ishlari agentligi axborot va media xizmati

Bugun yurtimiz mahallalarida “ijtimoiy profilaktika” yo‘nalishida ishlar samaradorligini oshirish orqali aholi orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va jamoat tartibini saqlash dolzarb masalaga aylangan. Shundan kelib chiqib, poytaxtimizda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Qo‘qon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida o‘tkazilgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi IIB, prokuratura, Milliy gvardiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitalari boshqarmalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari tayanch prorektorlari qatnashdi. Mahallalarda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Qo‘qon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, har bir yosh bilan rejali ishlash va mahallalarda tushuntirish ishlari olib borish kerakligi seminarning asosiy mavzusiga aylandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish