O‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:
- Urganch - Toshkent
- Xiva - Toshkent
- Buxoro - Toshkent
- Toshkent - Gʻijduvon
- Toshkent - Qorako‘l
- Toshkent - Shofirkon
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 3-sentyabrga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekati chiptaxonasidan yoki elektron tarzda https://avtoticket.uz/ saytidan xarid qilish mumkin.