Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Qozogʻiston bilan oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik qilinadi

12.3.2023 215

Prezidentning 2023-yil 10-martdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ–90-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish