Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

QUTLOV

14.1.2023 482

Madinaxon TURG‘UNOVA, Buvayda tumanidagi 10-maktab o‘quvchisi

Yurtimizning qalqonlari,
Mard-u jasur polvonlari.
O‘zbekning chin o‘g‘lonlari,
Vatanimiz  posbonlari.

Sizlar o‘zbek suyanchisiz,
Chegaraning ishonchisiz.
Xalqimizning  quvonchisiz,
Vatanimiz posbonlari.

Tinch zaminning bunyodkori,
Xalqimizning sha’ni, ori.
Yurtimizning yo‘g‘-u bori,
Vatanimiz  posbonlari.

Olloh bersin sizga ko‘mak,
Vatan, bizga – sizlar kerak.
Ayyomlaringiz  muborak,
Vatanimiz  posbonlari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish