Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

29.7.2024 1443

Parkent tumani "Qiziltog‘" hududida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘I Abdugapur Axmedovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida Abdugapur Axmedov yoshlarning taqdimot loyihalari bilan tanishdi.

Uchrashuvda yoshlarning kundalik hayoti, turmush tarzi, yangi loyiha va takliflari, tashabbuslari tinglandi.

Muloqot davomida Abdugapur Axmedov hayotiy xulosalari,  yoshlar berilayotgan imkoniyatlar xususida o‘rtoqlashdi hamda viloyatning barcha tuman va shahar yoshlari bilan shu kabi uchrashuvlar o‘tkazilishini bildirdi. 

Uchrashuvda o‘g‘il-qizlar bilan yaqindan gurunglashildi, muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

-  Tikuv sexi tashkil qilganman, - deydi Sevinch Dehqonova. – Menga faoliyatimni kengaytirish va mahallamizdagi qizlarga tikuvchilikni o‘rgatishim uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga amaliy yordam beriladigan bo‘ldi. Men kabi boshqa yoshlarni ham  murojaat va takliflari eʼtiborga olinganidan, shuningdek, muloqotlarni samimiy ruhda o‘tganidan xursandman. Shu bois bu kabi muloqotlarni muntazam tashkil etib borish, muammolarni o‘z vaqtida yechimiga imkon bo‘lishi bilan birga, yoshlar uchun alohida motivatsiya vazifasini o‘tashi shubhasiz.

Yoshlarning murojaatlariga ko‘ra, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish, sport to‘garaklari tashkil etish kabi qator takliflari yuzasidan amaliy yordam berish belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Abdugapur Axmedov   yoshlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaatlarni shaxsan nazoratga olishini hamda mahallalarda yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘g‘il-qizlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish