Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Raqamlashtirilgan Oʻzbekiston!

14.7.2023 4239

Sitora Dadajonova

Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti. Eʼtibor bersak, keyingi yillarda Oʻzbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Mintaqada eng koʻp aholiga ega mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish, chetdan koʻproq sarmoya jalb etish saʼy-harakatlari uzluksiz olib borilyapti.

Bu kabi oʻzgarish va yangilanishlar, asrlarki, iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan Oʻzbekistonda kambagʻallik va ishsizlikka qarshi kurashish asnosida roʻy berayotgani bilan ham dolzarbdir. Oʻn yillar davomida tirikchiligi tashqi mehnat migratsiyasi orqasidan oʻtayotgan millionlab fuqarolarini ishli qilish — mamlakatning oʻzida yangi bandlik manbalarini yaratishga qogʻozda emas, amalda boʻlishoga eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yoʻnalishlar roʻyobida salmoqli rol oʻynamoqda. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.

Chunonchi, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham nihoyatda ratsional qaror boʻlganini koʻrsatmoqda. Shunday ekan, yaqin yillarda biznes yuritish muhiti boʻyicha dunyoning eng old ellik davlati safiga kirsak, ajab emas. Misol uchun yurtimizda faoliyat olib borayotgan my.Gov.uz, yandeks ilovalari orqali raqamlashtirilayotganini bilsak bo’ladi. Har bir fuqaro my.Gov.uz yagona identifikatsiya tizimi orqali tashkilotlarga qogʻoz koʻtarib yurmasdan bemalol oʻz tashvish va ishlarini qilishi munkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish