Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Rokirovka” musobaqasining g‘oliblari maʼlum bo‘ldi

12.8.2023 3185

Elbek Shoyimov

Xabaringiz bor, shu kunlarda Bo‘ka tumanidagi "Ezgulik" mahallasida qator xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, haftaning har shanbasida Nurafshon shahridagi  "Yoshlar" markazida  bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “Rokirovka” musobaqasining navbatdagisi mazkur mahallada bo‘lib o‘tdi.

100 nafar ishtirokchi qatnashgan bu galgi bahslar ham murosasiz bo‘ldi.

O‘yin jarayonida ushbu tuman va boshqa hududlardan kelgan ustoz-shogirdlar, aka-ukalar bir-biriga raqib sifatida dona surdi.

Natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Sherzod Samandarov (800 ming so‘m);

2-o‘rin: Foziljon Jamalov (700 ming so‘m);

3-o‘rin: Xudoyberdi Sayfiddinov (600 ming so‘m);

4-o‘rin: Shohjahon Yo‘ldoshev (500 ming so‘m);

5-o‘rin: Ulug‘bek Tursoatov (400 ming so‘m).

Ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin: Shahzoda Shermuhammedova  (500 ming so‘m);

2-o‘rin: Kamola Nurmatova (400 ming so‘m);

3-o‘rin: Durdona Abdusamatova (300 ming so‘m).

Shuningdek, musobaqaning faol ishtirokchilari ham pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Nuroniy otaxonlarning o‘zaro suhbat va muloqotlarda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar,  jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani bot-bot ta’kidlandi.

Shukuhli gurunglar, taqdirlash jarayonlari fotosuratlarga muhrlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish