Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

SAMARQANDDA “TINCHLIK DARAXTI” MONUMENTI O‘RNATILDI

19.11.2022 341

(Foto O‘zA)

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqa­ro universitetida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, YUNESKO Bosh direktori o‘rinbo­sari Stefaniya Jannini ishtirok etdi va shu paytgacha dunyoning 17 shahri­da o‘rnatilgan “Tinchlik daraxti” jahondagi turli din va millatlarning bir­lashuvi, o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik ramzi hisoblanishini ta’kidladi.

– Ramziy ma’noga ega monumentni yaratishni YUNESKO bilan ham­korlikda amalga oshirganmiz va 2008-yilda ilk “daraxt”ni Isroilda o‘rnat­gandik, – deydi YUNESKOning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi, monument muallifi Xedva Ser xonim. – Bronzadan yasalgan, 750 kilogrammlik o‘n sakkizinchi monument bugun dunyoga mashhur tarixiy Samarqand shahriga qo‘yildi. Monumentni o‘rnatish jarayonlarida bir ji­hat e’tiborimni tortdi. Odatda, boshqa joylarda “Tinchlik daraxti”ni yaratish uchun uch oygacha vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa to‘rt hafta ki­foya qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish