Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Sharq malikalari”

26.7.2023 3559

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Poytaxtimizdagi “JAR” sport majmuasida mini futbol va futbol bo‘yicha “DXX kubogi”ning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada quyi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 36 ta jamoa bellashdi. Futbol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan final bahsida Yashnobod tumanidagi “Birlashgan” hamda Yangihayot tumanidagi “Do‘stlik” jamoalari maydonga tushdi. Penaltilar seriyasida yangihayotliklar “uloq”ni ilib ketdi. 

Mini futbol musobaqasida qizlar o‘rtasida Chilonzor tumanidagi “Sharq malikalari” jamoasiga, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Shayxontohur tumanidagi “Yangi Beltepa” mahallasi jamoasiga teng keladigan jamoa topilmadi.

 G‘olib jamoalar joriy yilning avgust oyida “DXX kubogi”ning respublika bosqichida poytaxt sharafini himoya qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish