Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yilda bir marta o‘tishingiz shart bo‘lgan 10 ta tibbiy ko‘rik

30.4.2024 156

Yoshlar ovozi

Ko‘pgina kasalliklarning boshlanishi alomatlarsiz kechishi, og‘riq muammo jiddiylashgandagina paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘z vaqtida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv va tahlillar xastaliklarni hali belgilari namoyon bo‘lmasdan avval aniqlashga yordam beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati har bir inson hech bo‘lmaganda yilda bir marta o‘tishi kerak bo‘lgan 10 ta tekshiruv va tahlillarni keltirib o‘tdi.

Oilaviy shifokor tekshiruvi

Odatiy qabul davomida bo‘y, vazn, arterial qon bosimi o‘lchanadi, qanday shikoyatlar borligi so‘raladi. Ushbu dastlabki tekshiruv shifokorga fuqaro uchun mutaxassislar va tahlillarning individual ro‘yxatini yaratish imkonini beradi. Ya’ni, shaxsning holatiga qarab, keyingi tahlillar uchun kerakli mutaxassislarga yuboradi.

Umumiy qon tahlili

Bu tahlil, birinchi navbatda, organizmda yallig‘lanish jarayonlari mavjudligini tekshirishga yordam beradi. Uning natijalariga ko‘ra, qon kasalliklari yoki kamqonlik, ichki qon ketish, yurak-qon tomir, autoimmun, saraton va boshqa xastaliklar bor-yo‘qligiga ishoralarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Agar muammo aniqlansa, shifokor qo‘shimcha tahlillarni buyuradi.

Qondagi qand miqdorini aniqlash

Yilda bir marta hamma uchun bunday tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi. Ammo 45 yoshdan oshgan va ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar uchun bu, ayniqsa, muhimdir. Agar qand miqdori yuqori yoki past bo‘lsa, shifokor bemorni endokrinolog va boshqa tor soha mutaxassislari ko‘rigiga yuboradi.

Qon biokimyoviy tahlili

Uning natijalariga ko‘ra, ichki organlar — yurak, jigar, buyraklar, oshqozon osti bezi va boshqalarning normal ishlashi aniqlanadi. “Biokimyo” umumiy qon tahliliga qaraganda ko‘proq ma’lumot bera oladi. Uning yordamida aynan qaysi organda muammo borligini aniqlash mumkin. Zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar, jumladan, PZR testlari va ultratovush tekshiruvi buyuriladi.

Umumiy peshob tahlili

Ba’zi kasalliklarni peshob rangi, uning shaffofligi va cho‘kindi mavjudligidan bilish mumkin. Bunday tekshiruv tufayli siydik yo‘li tizimi (shu jumladan buyraklar) va boshqa kasalliklar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadigan yallig‘lanish jarayonlari aniqlanadi. Umumiy peshob tahlili natijalari kasalliklarni aniqlashga yordam beradi, biroq u bilan to‘liq tashxis qo‘yib bo‘lmaydi.

Elektrokardiogramma

Kardiogramma lentasidan 500 ga yaqin yurak kasalliklarini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, kardiogrammadan nafaqat boshdan kechirilgan yurak xastaliklari, balki kelajakda tahdid solishi mumkin bo‘lgan muammolarni ham baholash uchun foydalanish mumkin. Masalan, yurak xuruji xavfi haqida ham bilsa bo‘ladi.

Flyuorografiya

Afsuski, sil kasalligining dastlabki bosqichlarida hech qanday alomat bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu xavfli kasallik erta aniqlansa, uning rivojlanishini to‘xtatish mumkin. Zamonaviy apparatlar yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etadi, shuning uchun kasallik haqida o‘z vaqtida bilish hozir ancha qulay.

Gastroskopiya

Bu yoqimsiz tekshiruv oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari — gastrit, oshqozon yarasi yoki o‘sma kabilarni ko‘rish imkonini beradi. 45 yoshdan oshganlar va xavf ostida bo‘lganlar (chekuvchilar, spirtli ichimliklar, fastfud va qahvani sevuvchilar) bu tekshiruvdan har yili o‘tganlari ma’qul.

Oftalmolog ko‘rigi

Yaqin va uzoqni ko‘ra olmaslik hamda astigmatizm kabi holatlarda, hatto, ko‘rish qobiliyati yomonlashmagandek tuyulsa ham, har yili ushbu mutaxassis tekshiruvidan o‘tib turish maqsadga muvofiq. Hatto ko‘zlari yaxshi ko‘radiganlar ham yilda bir marta oftalmolog ko‘rigiga borganlari ma’qul. Bunda shifokor nafaqat ko‘rish qobiliyatini tekshiradi, balki ko‘z tubi holati va ko‘z ichki bosimini ham o‘lchaydi. Ushbu manipulyasiyalar so‘qirlikka olib keluvchi glaukoma va katarakta xavfini o‘z vaqtida aniqlashga imkon beradi.

“Erkaklar” va “ayollar” shifokorlari

Ko‘pchilik bunday tekshiruvlarni zarur emas deb hisoblaydi. Ammo ayollar uchun ginekolog va mammolog, erkaklar uchun urolog va proktolog ko‘rigidan o‘tib turish sarat

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish