Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan

18.9.2023 823

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Nyu-York meri Erik Adams va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan, davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish