Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi

25.11.2023 246

Tashrif doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPEKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, suv, energetika, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalari o‘zaro uzviy bog‘liq ekanidan kelib chiqib, SPEKAning “Yashil strategiyasi”ni qabul qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi 24-noyabr oqshomida Bokudan Toshkentga qaytdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish