Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi boshlandi

24.11.2023 1072

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.

Haydar Aliyev nomidagi aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun, 24-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish