Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Shaxsning familiyasi o‘zgarganda, diplom duplikati beriladi

29.5.2023 1143

Shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda uning kollej, litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida olgan diplomlari dublikati beriladi. 

Diplom dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza beriladi.
Mazkur xizmatni koʻrsatish uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

❗️Dublikat asl hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyul 395-sonli “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi Qarori

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish