Maktabda direktor doʻq qilardi oʻquvchilarga: “...bu yurishlaringda attestatingni man-na (barmoqlarini “chuchvara” qilib – muallif izohi!) olasan!”, deb;
Abituriyentlikda baʼzi hamsoyalar-u kamsoyalar hiringlardi: “...bu yurishlaringda man-na oʻqishga kirasilar!”, deb;
Talabalikda dekanatdagilar-u ayrim domlalar pishqirardi: “...bu yurishlaringda sessiyangda bahongniyam, oxirida diplomniyam man-na olasanlar!”, deb;
Qishloqqa qaytganimizda, yana oʻsha baʼzi hamsoyalar-u kamsoyalar mahobat qilgandiki: “...bu ahvollaringda man-na ishga kirasilar, bu yerlarda!”, deb;
Ishga kirganimizda, yana aytishdiki: “...bu oyliklaring bilan man-na roʻzgʻor qila olasilar!”, deb;
Endi esa boshliqlar koʻz ochirishmaydiki: “...bu ketishlaringda, hisobotni man-na yopasilar... Oyliklaringniyam man-na olasilar!”, deb...
AMMO, shukrki, shu yurishimizda: attestatniyam oldik, oʻqishgayam kirdik, diplomliyam bo‘ldik, ishgayam olindik, roʻzgʻor ham qildik, MAOSHNIYAM opkelyapmiz...
Sababi oddiy: O‘zi shohidki, sirtdan qanday ahvolda yurgan boʻlsak ham, BIZ – ULAR OʻYLAGANCHALIK EMASDIK VA EMASMIZ HANUZ, aslida!..