Qishloqni, mollarni, ekinlari yig‘ib olingandan keyin, oyoqyalang holda tizzagacha qumga botib to‘p tepadigan dalalarni, ipak qurtlar ochib chiqqach, kaft shilinib, qo‘ylarga bargini terib keladigan tutzorlarni, yo‘lning o‘rtasiga bo‘r bilan katak chizib o‘ynaydigan “mak-maki”ni, ertalab bir-biringning burningni qonatib, kechga yaqin “kel, jo‘ra, futbol o‘ynaymiz” deb hovlisiga chaqirib boradigan do‘stlarni, qog‘oz popkalarning ustiga mayda toshchani qo‘yib, oyoqdagi (eks) shippak bilan urib yuborish kerak bo‘lgan o‘yinlarni, tongda choy ichib ketib, soat 11da darsni tugatgach, yo‘l bo‘ylab bir qo‘lda suv, bir qo‘lda qotgan nonni kovshab, eng qizig‘i, uyga kelib yana bir mahal ovqatlanadigan davrlarni, ilk maktabga borgan kuning sevib qolgan va har ko‘rganingda oyoq qo‘ling qaltiraydigan “birinchi muhabbating”ni, tandirga non yopilgan payt, atayin sen uchun qilinadigan kulchani, bisotida soddalik va samimiyatdan boshqa narsasi bo‘lmagan qishloqilarni, har kuni tush payti onangni uxlatib (aslida seni uxlatish uchun olib kirishardi), quyosh avjiga chiqqan pallada qum-qum o‘ynab o‘tiradigan qo‘shni qizni...
Ba’zan shunchaki sog‘inasan...