Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

SINOVLAR ORALAB YORQIN KELAJAK SARI

12.6.2022 557

Muhammadshukr MUHAMMADJONOV

Dilfuza bir ko‘zini parda qoplagan holatda dunyoga kelgan. Ko‘z gavharidagi pardani olib tashlash uchun 2 yoshdan 4 yoshgacha
Toshkentda va chet elda to‘rt marta jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Dastlabki operatsiya samarasiz bo‘lib, Dilfuzaning bir ko‘zi butunlay ko‘rmay qoladi. Bu haqida jarrohlik amaliyoti uchun Rossiya davlatiga borganda ma’lum bo‘ladi...
Ko‘zidagi nuqson sabab Dilfuza tengqurlaridan zaifroq edi. Hatto I guruh nogironi bo‘lgan qizni nohaqliklar sabab II guruh nogironi toifasiga tushirib qo‘yishdi. Ammo jussasi kichik qiz hayotning bu yoziqlariga taslim bo‘lmadi, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ydi.
Ota-onasi bir xonali kichkina kvartirada yashasa-da, qizi uchun hamma narsaga tayyor edi. Otasi davlat idorasida kotib, onasi esa maktabda o‘qituvchi edi. Ular nogironlik nafaqasini olishni ham istamagan. “Ota-onamning men uchun qayg‘urishi, har qadamimda yaxshi insonlar uchragani hamisha menga kuch bergan”, deydi qahramonimiz. 2012-yili oliy ta’lim olish uchun davlat imtihonlariga hujjat topshirish vaqtida nogironligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olib kelsa, oqishgakirishda imtiyoz berilishini aytishganda Dilfuza nogironligi haqidagi hujjatni e’tiborga olmasligini so‘raydi. Vaholanki, shu yili u qo‘shimcha darslarga ham qatnay olmagan,qishloqdan  kelgan buvisiga qarar, uyga yordam bo‘lsin deb tikuvchilikni ham o‘rgangan edi... Shuncha yumushlardan vaqt ajratib, o‘z ustida ishlay olgan Dilfuza shu yili Termiz davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga kirdi! Universitetda ham tirishqoqligi, intiluvchanligi bilan ajralib turar edi. O‘qish davomida guruhdagilarni yetakchilik qildi. P‘qishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Ishga kirdi. “Men hech qachon o‘zimni jismonan ojiz deb hisoblamayman. Alloh meni sevishini har qadamimda his etaman. Har safar ibodatga bosh qo‘yganimda o‘zgacha bir taskin topaman. Bular men uchun sinov. Sinovlarni yenggandirmanki, shunday baxtga muyassar bo‘ldim”. Hozir qahramonimiz magistratura ta’limini tugatish arafasida. U 2021-yili oila qurdi. Ammo shu yiliotasini yo‘qotdi.  Shunga qaramay harakatda davom etmoqda. O‘zoldiga katta maqsadlar qo‘yishni,doim olg‘a intilishni unga mehribon otasi o‘rgatgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish