Bugun yurtimizning barcha hududlarida, tashkilot va muassasalarda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham ushbu sana keng nishonlanmoqda. Jumladan, Filologiya fakulteti talabalari tomonidan badiiy sahna ko‘rinishlari, Harbiy ta’lim fakulteti talabalarining ko‘rgazmali chiqishlari bayram shukuhini yanada yuksaltirdi. Shuningdek, sport o‘yinlari, oshpazlik va rasmlar tanlovlari ham ishtirokchilarning katta qiziqish va shijoati ostida o‘tdi.