Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

So’z san’ati

13.5.2023 1525

Shahrizoda Toʻrayeva, Mirzo Ulugʻbek tumani 205-IDUM oʻquvchisi

Dunyoda shunday so’zlar borki ular juda beo’xshov, xunuk, qo’pol va salbiy so’zlardir. Ular bir insonni tili-yu dilidan chiqmay turib ham bir insonni dil ko’zgusini chil-chil holatga keltiradi. Har bir inson so’z kuchi ifodasini anglashi zarur. Sababi birgina yolg’on yoki hazil so’z bilan butun dunyoni yo’q qilish mumkin. So’z – bu qudrati kuch demak. Shuni ta’kidlash joizki, har bir inson birgina o’ziga emas, balki butun dunyoga tinchlik tilash zarur. Bejizga xalqimiz: ‘‘El tinch – sen tinch” deb ta’kidlashmagan.

Darhaqiqat, har bir tilak va orzu bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Birgina so’z bilan bir xastani sog’lom qilish yoki bir sog’lom insonni tuzalmas xasta qilish mumkin. Dunyoda shunday so’zlar borki ular juda beo’xshov, xunuk, qo’pol va salbiy so’zlardir. Ular bir insonni tili-yu dilidan chiqmay turib ham bir insonni dil ko’zgusini chil-chil holatga keltiradi. Har bir inson so’z kuchi ifodasini anglashi zarur. Sababi birgina yolg’on yoki hazil so’z bilan butun dunyoni yo’q qilish mumkin. So’z – bu qudrati kuch demak.

Shuni ta’kidlash joizki, har bir inson birgina o’ziga emas, balki butun dunyoga tinchlik tilash zarur. Bejizga xalqimiz: ‘‘El tinch – sen tinch” deb ta’kidlashmagan. Darhaqiqat, har bir tilak va orzu bir-biriga chambarchas bog’liqdir. Birgina so’z bilan bir xastani sog’lom qilish yoki bir sog’lom insonni tuzalmas xasta qilish mumkin.So’z kuchi o’tkir qilich yoki xanjar misol. Mana shu bir so’z bilan qalb gavharini parchalash hech gap emas. Shu sababdan ham har bir so’zimizni, har bir jumlamizni  avval o’ylab, keyin so’ylashimiz zarur. Muomala inson ko’rki misolidir. Muomala madaniyati bejiz ta’kidlanmaydi.

Har bir so’zning ma’no mazmuni qop-qop tillalarga ham teng bo’lolmaydi. Hali ta’kidlaganimizdek so’z kuchi, so’z sehri, dunyo-dunyo qasrlarni, hashamatlarni yo’q qilish qudratiga egadir. So’zimizni, muomalamizni o’z surat-siyratimiz timsolida deb tasvirlaydigan bo’lsak, hech qanday farq talab qilmaydi. Sababi har kim o’z olgan tarbiyasi, oiladagi ahvoli, atrofdagilar bilan muomalasi yuzasidan kelib chiqib muomala qiladi. ‘‘Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa, bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi’’, – deb ta’kidlaydi Muhtaram Prezidentimiz. Haqiqatan ham oiladagi muhit kelajak avlod tarbiyasiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Zero, shunday ekan, har birimiz muomalamizga e’tibor qaratishimiz lozim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish