Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida yetkazilgan zararning o‘rni“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga asosan qoplanadi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan foydalanish qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etmaganlik, shu jumladan ushbu tarmoqlarga, inshootlarga shikast yetkazganlik, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga monelik qilganlik, suv obyektlarini ifloslantirganlik natijasida yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Jinoyat kodeksining 169-moddasiga asosan umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish o‘g‘rilik sanaladi.