Ro‘yxatga quyidagi 5 ta nomli stipendiyalar kiritildi:
➖ kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov nomli (07.04.2021 yildagi PF-6202);
➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur nomli (25.01.2023 yildagi PQ-20);
➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud nomli (03.11.2022 yildagi PQ-414);
➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod nomli (21.04.2020 yildagi PQ-4688);
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli (09.09.2021 yildagi PF-6309).
Bunga qadar amalda bo‘lgan ro‘yxatda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli stipendiyalar nazarda tutilgan edi.